“Barselona” UEFA sanktsiyalariga duch kelmaslik uchun 200 million evro ishlab olishi kerak. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.

Shubhasiz, "Barselona" kelayotgan yozda o'yinchilarini sotishi kerak. Aks holda kataloniyaliklar moliyaviy feyr-pley muammolarini hal qila olmaydi.

"Barselona"ning daxlsiz futbolchilari ro'yxatiga shu kungacha atigi uch futbolchi kiritilgan - Frenki de Yong, Ronald Arauxo va Pedri.