"Barselona" XXI asrda ilk bor o'z maydonida 4 ta gol farqi bilan mag'lub bo'ldi.

Xavi shogirdlari Ispaniya kubogi yarim finalida “Real”dan (0:4) mag'lub bo'ldi.

Kataloniyaliklar oxirgi marta 1997 yilda o'z uylarida bunday yirik mag'lubiyatga uchragan edi. O'shanda esa Chempionlar ligasi guruh bosqichida Kievning “Dinamo”si "Barselona"dag 4:0 hisobida ustun kelgandi.

"Real" 1963 yildan beri mehmonda u qadar yirik hisobda "Barselona"ni mag'lub etmagandi.