"Real Madrid"ning 30 yoshli belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya kubogi 1/2 finali javob uchrashuvida "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba (4:0) haqida fikr bildirdi.

“Bu mening “Real” bilan birinchi kubok finalim va men juda xursandman. Yo'l qiyin bo'ldi: "Vilyarreal", "Atletiko", "Barselona"... lekin biz finalga chiqdik. Bundan juda faxrlanaman.

"Real Madrid"ning "Kamp Nou"dagi imiji muhim edi. Men juda xursandman”, - deydi Kurtua.

"Real Madrid" Ispaniya kubogi finalida "Osasuna" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 5 may kuni bo'lib o'tadi.