"Barselona" shartnomasi tugashiga bir yarim yildan kamroq vaqt qolgan chap qanot himoyachisi Alexandro Balde bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Balde joriy mavsumda "Barselona"ning asosiy futbolchisiga aylandi. Klub rahbariyati futbolchiga ishonadi va u bilan hamkorlikni uzoq yillarga uzaytirmoqchi.

Biroq, iqtisodiy vaziyat tufayli, ayni damda "Barselona" futbolchilar bilan yangi shartnomalar tuzishi qiyin.

Relevo nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" Balde bilan shartnomani uzaytirish uchun jiddiy harakat qilishlari kerak.

Alexandro bu mavsumda Ispaniya chempionatida beshta golli uzatmani amalga oshirdi.