"Chelsi" hujumchisi Per-Emerik Obameyang "Barselona"ga qaytmoqchi.

Hujumchi kataloniyaliklar tarkibida o'ynash uchun arzimagan maosh olishga tayyor.

Obameyang "Barselona"da mukammal formaga kirishiga ishonchi komil, shuning uchun u boshqa top-klublardan taklif bo'lsa ham ispan klubiga o'tmoqchi.

33 yoshli Obameyang 2022 yilning yanvaridan sentyabriga qadar “Barselona” safida to'p surgan. Ayni damda futbolchining huquqlari "Chelsi"ga tegishli.