
"Lion" sport direktori Junino Pernambukano "PSJ" hujumchisi Lionel Messining "Barselona"ga qaytishini istamoqda. Braziliyalik sobiq futbolchi argentinalikni Saudiya Arabistonida ko'rishni istamaydi.
"Lionel Messining “Barselona”ga qaytishi uning Saudiya Arabistoniga Krishtianu Ronalduga qarshi maydonga tushishidan ko'ra yaxshiroq ko'rinadi. Saudiya Arabistoni chempionatiga hurmat bilan aytsam, Messi uchun eng yaxshi variant “Barselona”ga qaytishdir" - dedi Junino matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Messining "PSJ" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Lionel "Barselona"ga qaytishni xohlaydi, ammo kataloniyaliklarning moliyaviy muammolari tufayli o'tish qiyin ko'rinmoqda.
Fikrlar 0