Braziliyalik yarim himoyachi Rafinya Dias "Barselona"ni tark etmaydi. Insayder Xavi Migelning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, rahbariyat yozgi transfer oynasida futbolchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmaydi.

Avvalroq OAVda Rafinya 2022/2023 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatidan joy olgani haqida xabar berilgandi.

26 yoshli braziliyalik Kataloniya grandi safiga 2022 yilning yozida kelib qo'shilgandi. U "Lids"dan 58 million evroga sotib olingandi. Rafinyaning "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Yarim himoyachi joriy mavsumda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.