"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Serxio Busketsning kelajagi haqidagi savolga yana bir bor javob berdi.

"Buskets boshqa futbolchilar uchun namuna. Men uning jamoada qolishini istashimni ko'p marta aytganman”, - dedi Xavi matbuot anjumanida.

Dushanba oqshomida "Barselona" La Liga doirasidagi uy uchrashuvini "Jirona"ga qarshi o'tkazadi. G'alaba qozongan taqdirda, Xavi shogirdlari “Real”dan ochkolari sonini 15taga etkazadi.