La Liganing 28-turidan o'rin olgan so'nggi o'yinda anchadan beri g'alaba qozona olmayotgan «Rayo Valekano» o'z maydonida «Atletiko»ni qabul qildi.

Murosasiz kechgan bahsda Diego Simeone shogirdlari g'alaba qozonib, uchinchi o'rinni mustahkamladi, «Real Madrid» bilan endi oradagi farq ikki ochkoga etgan, «Barselona» esa 14 ochkoga odimlab ketgan. «Rayo Valekano» 9-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, «matraschilar» liga doirasidagi kelgusi bahsni 16 aprel kuni «Almeriya»ga qarshi o'tkazadi.