
Kataloniyaning "Barselona" klubi sport direktori Yordi Kroyffning kelajagidan xavotirda.
Daily Mail nashri xabariga ko'ra, niderlandiyalik funktsioner "ko'k-anorranglar"ni tark etib, faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko'ra, Kroyff xizmatlariga APLning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda. Yordi va "Barselona" o'rtasidagi amaldagi shartnoma yozning oxirigacha amal qiladi. Kataloniyaliklar funktsioner boshqa klubga o'tish ketishidan xavotirda.
Ispaniya chempionatining 28-turi natijalariga ko'ra, "Barselona" 72 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. Xavi shogirdlari ikkinchi o'rindagi "Real"dan 13 ochkoga oldinda.
Fikrlar 0