
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi “Jirona”ga qarshi o'yinda durang o'ynadi. Ushbu bellashuv haqida "Barselona" himoyachisi Jyul Kunde fikr bildirdi.
"To'g'risini aytsam, bundan juda g'azabdamiz, chunki biz g'alaba qozonishni va oradagi farqni o'n besh ochkoga etkazishni xohlagandik. O'ylaymanki, hujumlar yakunida bizga nimadir etishmayapti, biz o'yinning ko'p qismini ular tomonida o'tkazdik. So'nggi zarbani hisobga olmaganda hammasi a'lo darajada bajarildi", - dedi Kunde "Barselona" klubi rasmiy saytiga.
Keyingi turda "Barselona" safarda "Xetafe" bilan o'ynaydi.
Fikrlar 0