"Ispaniya termasining kelajagi bor. Barcha narsani hisobga olish kerak. Fati termaga tayyor ko'rinadi. Uning tezligi va tug'ma iste'dodi juda kuchli. Uni termaga chaqirish kerak deb o'ylayman", - dedi Ramos.

Oldinroq Fati Ispaniya fuqaroligini olgandi. Biroq futbolchining otasi o'g'lini Portugaliya termasida o'ynatmoqchi ekanligini aytgandi.