Ispaniya chempionati hamon joriy mavsumdagi qizil kartochkalar soni bo'yicha etakchilik qilmoqda.Ispaniya chempionati joriy mavsumida hakamlar 113 ta qizil kartochka ko'rsatishga ulgurgan. Bu APL, Bundesliga va A Seriyani birgalikda hisoblagandagi miqdordan (111) ham ko'p.

Top-5 ligalar joriy mavsumida sariq va qizil kartochkalar

Ligalar 2022/23 yilgi mavsumdagi o'yinlar soni

Sariq kartochka soni / bir o'yinda o'rtacha

Qizil kartochka soni / bir o'yinda o'rtacha La Liga 275 1387/5,04 113/0,41 Liga 1 298 976/3,27 84/0,28 A Seriya 283 1306/4,6 50/0,17 Bundesliga 237 905/3,81 33/0,13 APL 288 1082/3,75 28/0,09

Premer liga futbolchilari joriy mavsum 28 bor chetlatilgan, bu Ispaniyadagi miqdordan deyarli to'rt barobarga kam.Sariq kartochkalar bo'yicha ham Primera etakchilik qilmoqda. Hakamlar bir o'yinda o'rtacha 5 tadan ko'p sariq kartochka ko'rsatmoqda. Solishtirish uchun Frantsiyada bu ko'rsatkich 3,3 ni tashkil qiladi.Top-5 ligalar klublari orasida “Betis” chetlatishlar soni bo'yicha etakchi. Top-10 likdagi 7 ta klub La Ligadan, yana uchtasi Liga 1 vakillari.1. “Betis” (12 ta qizil kartochka)2. “Elche” (11)2. “Sevilya” (11)4. “Monpele” (9)5. “Espanol” (8)5. “Xetafe” (8)5. “Reyms” (8)8. “Ayachcho” (7)8. “Atletiko” (7)8. “Kadis” (7)La Liga top-klublari orasida “Atletiko” qizil kartochkalar bo'yicha “etakchilar” orasida bo'lsa, “Barselona” futbolchilari joriy mavsum 6 marta chetlatildi, “Real”da esa bor-yo'g'i bitta qizil kartochka bor.Ikki nafar futbolchi ushbu mavsumda uch marta qizil kartochka oldi — Isaak Karselen (“Kadis”) va Luis Felipe (“Betis”). “Atletiko” vakili Stefan Savich beshta o'yinda 3 marta chetlatildi, biroq bitta qizil kartochka kubok o'yinida ko'rsatilgan.