"PSJ" hujumchisi Lionel Messi kelajagi borasidagi noaniqlik haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining parijliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Lionel so'nggi paytlarda "Barselona"ga qaytish bilan faol shug'ullanmoqda.

"Kelajakda qaerda bo'lishimni bilmayman. Men har doim sodir bo'lishi mumkin bo'lgan ba'zi narsalarni xayol qilishni yaxshi ko'raman, lekin kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Xudo xohlagan narsa amalga oshadi", - dedi Messi Barca Centre bilan suhbatda.

Oldinroq "Barselona" Messining tekinga qaytishi ustida faol ish olib borayotgani haqida xabar berilgandi.