"Sporting"da ijara asosida o'ynagan "Barselona" hujumchisi Fransisku Trinkan Portugaliya jamoasi futbolchisiga aylandi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

23 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun "Barselona" 10 million evro oldi va u futbolchining keyingi sotuvidan 50% olish huquqiga ega.

Trinkan 2020 yilning yozida "Braga"dan "Barselona"ga 31 million evro evaziga o'tgan edi. "Sporting" uchun joriy mavsumda hujumchi 44ta o'yinda 12ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.