"Barselona" La Liganing 29-turi doirasida "Xetafe" bilan durang o'ynadi (0:0).

Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "Barselona" 15 yil ichida birinchi marta ketma-ket uchta o'yinda gol ura olmadi.

Bu o'yin oldidan kataloniyaliklar "Jirona" bilan ham durang o'ynagan (0:0), Ispaniya kubogida "Real"ga (0:4) imkoniyatni boy bergandi.

"Barselona" Ispaniya chempionatining 29-turidan keyin 73 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.