"Barselona" prezidenti Joan Laporta Negreyra ishi va klub obro'si haqida gapirdi.

15 fevral kuni “Barselona” o'sha paytda Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi hakamlar texnik qo'mitasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan Negreyraga tegishli DASNIL 95 kompaniyasiga 1,4 million evro to'lagani xabar qilingandi.

"Barselona" haqiqatga hech qanday aloqasi bo'lmagan ulkan tuhmatdan aziyat chekmoqda. "Barsa" o'zining 125 yillik tarixida maydonda va undan tashqarida halol o'yin uchun namuna bo'lib kelgan. "Barselona" hech qachon sport ustunligini qo'lga kiritish uchun raqobatga ta'sir o'tkazadigan harakat qilmagan", dedi Laporta matbuot anjumanida.