Serji Roberto jarohati sabab bir oydan ko'proq maydonga tusha olmaydi.

“Barselona” himoyachisi “Xetafe” bilan o'yinda (0:0) jarohat olib, 17-daqiqada almashtirildi.

Diario Sport nashri xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli taxminan 5 haftani o'tkazib yuboradi.

La Liganing joriy mavsumida Roberto 20 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.