Kataloniyaning "Barselona" klubi "Lids"dan 58 million evro evaziga sotib olingan Rafinya Diasning xatti-harakatidan norozi.

Jurnalist Fernando Poloning so'zlariga ko'ra, "Barselona" Rafinyaning kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan doimiy shikoyat qilishidan charchagan. Yaqinda braziliyalik futbolchi har bir o'yinda asosiy tarkibda o'ynash istagi borligini ma'lum qilib, klubdagi o'rnidan norozi ekanini ta'kidladi. Qolaversa, “Barselona” Rafinyaning mashg'ulotlardagi xatti-harakatlaridan qoniqmayapti.

Eslatib o'tamiz, Rafinya kelasi yozda "Barselona"ni tark etish uchun nomzodlardan biri hisoblanadi. Jamoaga yangi o'yinchilarning transferi uchun pul topish uchun sotish kerak.