
Madridning "Real" klubi Ispaniya hakamlar qo'mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Negreyraga pora bergani uchun tekshirilmoqda. El Chiringuito nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" ham korruptsiyaga aloqador bo'lishi mumkin.
Manbaga ko'ra, prokuratura hozirda "Real Madrid"ning Negreyra bilan aloqasi bor-yo'qligini tekshirmoqda. Eslatib o'tamiz, avvalroq “Barselona” Negreyraga bir necha yil davomida umumiy miqdori 7,4 million evro pora berganlikda ayblangan edi.
Oldinroq "Barselona" "Negreyra ishi" bo'yicha aybdor deb topilsa, Evropa musobaqalaridan chetlatilishi bilan tahdid qilingandi. Jamoa hozirda "Real Madrid"dan 11 ochko ko'p to'plagan holda La Ligada peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar 0