Futbolchi "Xetafe"ga qarshi o'yinda almashtirilganida zaxira o'rindig'ining tom qismiga kuchli zarba yo'lladi. Bu holat birinchisi emasligi uchun klubdagilar 26 yoshli futbolchining o'zini tutishidan mamnun bo'lmayapti. Hozircha unga jazo berilishi borasida gap-so'zlar yo'q.
"Barselona" yozda Rafinyani "Lids"dan 58 mln evro evaziga sotib olgandi. Ushbu mavsumda u jamoa tarkibida 41 o'yinda 9tadan gol va assist qayd etdi.
Fikrlar 0