"Barselona" prezidenti "PSJ" hujumchisi Lionel Messi Kataloniya klubiga qaytishini aytdi.

Xoan Laporta argentinalik futbolchining qaytishi haqidagi savolga muxlisga ijobiy javobini berdi.

- Messi "Barsa"ga qaytadimi?

"Ha", deb javob berdi Laporta.

Jurnalist Jerar Romeroning xabar berishicha, "Barselona" Messi bilan kelishuvga erishgan deb hisoblashmoqda.