"Barselona" yozgi transfer oynasida "Liverpul"ning asosiy himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni sotib olmoqchi.

Manbaga ko'ra, "Barselona" "Liverpul"ning Chempionlar ligasining keyingi mavsumini o'tkazib yuborish ehtimoli borligidan unumli foydalanishga umid qilmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" bunday vaziyatda Trentni arzonlashtirilgan narxda qo'lga kiritishlariga ishonishadi.

Transfermarkt portali mutaxassislari 24 yoshli Trent Aleksandr-Arnoldni 65 million evroga baholamoqda. E'tibor bering, himoyachi butun faoliyatini "Liverpul"da o'tkazgan. Uning shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.