"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Barselona" klubiga maosh borasidagi talablarini ilgari surdi. Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, futbolchi "ko'k-anorranglilar" rahbariyatidan yiliga 10 million evro talab qilgan.

Manbaga ko'ra, avvalroq "Barselona" bunday pulni bemalol to'lashga qurbi etgan bo'lsa, hozirda klub moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. "Barselona"ga o'tish uchun Gyundogan maoshini kamaytirishi kerak.

Mavsum oxirida Ilkay erkin agentga aylanishi mumkin, chunki uning Xosep Gvardiola jamoasi bilan shartnomasi tugaydi. Gyundogan avvalroq Germaniya Bundesligasi klublariga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.