"Barselona" "Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoga shartnoma taklif qildi. Bu haqda Football Insider o'z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

32 yoshli braziliyalik hujumchi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasi va UEFA Chempionlar ligasida urgan gollari soni 11 taga etdi. Uning hisobida 5 ta golli uzatma ham bor.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum yakunida braziliyalik mashhur hujumchi "qizillar" bilan shartnomani bekor qiladi. U faoliyatining sakkiz yilini "Liverpul"da o'tkazdi.