
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes klub prezidenti Joan Laporta va yaqinda yana bir muddatga qayta saylangan UEFA rahbari Aleksander Cheferin o'rtasidagi uchrashuv tafsilotlari haqida gapirdi.
"Laporta Cheferin bilan uchrashdimi? Xavotirlanishga hech qanday sabab yo'q. Prezident menga hammasi tinchligini va xavotirlanishga hojat yo'qligini aytdi”, — dedi Xavi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UEFA "Barselona"ni "Negreyra ishi" tufayli keyingi mavsum Chempionlar ligasidan chetlashtirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu bilan birga, “ko'k-anorranglilar” rahbariyati klub jazodan qutula olishiga ishonch bildirmoqda.
Fikrlar 0