Bugun, 22 aprel kuni Londondagi "Stemford Bridj" stadionida ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki o'yinlari bo'lib o'tdi.

"Chelsi" va Ispaniyaning "Barselona" jamoasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda 1:0 hisobida mehmonlar g'alaba qozonishdi.

Yagona golni to'rtinchi daqiqada "Barselona" hujumchisi Karolina Xansen kiritdi.

"Barselona" va "Chelsi" o'rtasidagi javob uchrashuvi 27 aprel kuni Ispaniyada bo'lib o'tadi.