"Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Dias La Liga doirasida "Rayo Valekano"ga qarshi safarda o'yinida ishtirok etadi.

Insayder Xavi Migel o'zining ijtimoiy tarmoqlarida "Atletiko"ga qarshi kechagi o'yindagi noqulayliklarga qaramay, Rafinya "Rayo Valekano"ga qarshi o'ynay olishini ta'kidladi. Braziliyalik futbolchining jarohati jiddiy emas.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Rafinyaning mavsum yakunida sotilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Angliya Premer-ligasi klublari orasida futbolchiga talab katta. Xususan, braziliyalik futbolchiga "Nyukasl" tomonidan qiziqish bildirilgandi.