25 aprel kuni "Barselona" "Kamp Nou" stadionini rekonstruktsiya qilish uchun 1,45 milliard evro yig'ilganini e'lon qildi.

Keyingi mavsumda Kataloniya klubi uy uchrashuvlarini Montjuik tepaligidagi "Olimpiya" stadionida o'tkazadi.

Football Espana nashri xabariga ko'ra, bu muxlislar duch keladigan yagona o'zgarish emas: "Barselona" abonement egalari uchun narxlarni oshirish niyatida. Eng arzon abonement narxi 144 evrodan 325 evrogacha, eng qimmati esa 1191 evrodan 1723 evrogacha ko'tariladi.