
Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya chempionatining 31-turida "Rayo Valekano"ga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. “Ko'k-anorranglilar” 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Juda qiyin uchrashuv bo'ldi. "Barselona" uchun bu erda o'ynash har doim qiyin bo'lgan. Ikkita gol o'tkazib yubordik va ko'p vaziyatlar yarata olmadik. Keyingi jangda biz yaxshiroq ko'rinishga ega bo'lishimiz kerak", - dedi Levandovski AS bilan suhbatda.
Muvaffaqiyatsizlikka qaramay, “Barselona” La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuvda Xavi Ernandes shogirdlari “Kamp Nou”da “Betis”ni qabul qiladi.
Fikrlar 0