
Kataloniyaning “Barselona” klubi keyingi Chempionlar ligasida ishtirok etishi mumkin. "Negreyra ishi" tufayli jamoa evrokuboklardan chetlashtirilmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, "Negreyra ishi" tufayli "Barselona"ni navbatdagi evrokuboklardan chetlashtirish varianti ko'rib chiqildi. Kataloniya jamoasi bir necha yil davomida Ispaniya hakamlar qo'mitasi vitse-prezidentiga 4 million evroga yaqin pora berganlikda ayblanmoqda.
"Barselona" ayni damda La Ligada peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o'rindagi "Real"dan 11 ochko oldinda. Chempionat yakunlanishiga 7 tur qoldi.
Fikrlar 0