"Barselona" rahbarlari himoyaning o'ng qanotiga yangi himoyachi qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sport.es portali jurnalistlariga ma'lum bo'ldi.

“Ko'k-anorranglilar”ning asosiy transfer maqsadi “Vilyarreal”futbolchisi Xuan Foytdir. Agar tomonlar kelisha olmasa, muqobil variant sifatida hozirda Myunxenning "Bavariya" klubida ijarada o'ynayotgan portugaliyalik himoyachi Joau Kantseloni ijaraga olish mumkin.