"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Serxio Buskets haqida gapirdi.

“Buskets men uchun asosiy, hal qiluvchi futbolchi. U taktik jihatdan mukammal futbolchi. Umid qilamanki, u qoladi, lekin... hammasi unga bog'liq”, — deya Xavi so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

34 yoshli yarim himoyachining "Barselona" bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 38 ta o'yin o'tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.