"Barselona" himoyachisi Jyul Kundening uyiga "Betis"ga qarshi o'yin vaqtida o'g'rilar tushgan.

29 aprel kuni La Liganing 32-turi doirasidagi o'yinda "Barselona" "Betis"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, o'yin vaqtida Jyul Kundening uyiga begona kimsalar bostirib kirgan. Xabar qilinishicha, Kunde voqea haqida politsiyaga xabar bergan va klubni ham xabardor qilgan.