"Barselona" yozda o'z tarbiyalanuvchisi Ansu Fatini Angliya Premer-ligasiga sotishi mumkin. Sport xabariga ko'ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh "ko'k-anorranglilar" rahbariyatiga Angliya Premer-ligasi klubi yaqin orada Ansu uchun 70 million evro taklif qilishini aytgan.

Eslatib o'tamiz, Fati avvalroq muntazam o'yin amaliyoti yo'qligiga qaramay, "Barselona"da qolish istagini bildirgan edi. "Manchester Yunayted" Ansu uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda, ammo manba hozircha 70 million evro to'lashga tayyor jamoa nomini e'lon qilmagan.

Fati joriy mavsum Ispaniya chempionatida 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.