Ispaniyaning "Betis" klubi Ramon Planesni sport direktori etib tayinladi.

55 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan shartnoma 2026 yilning iyuniga qadar tuzildi.

Planesning bu mavsumdagi so'nggi ish joyi "Xetafe" klubi bo'ldi.

Avvalroq u "Barselona", "Rayo Valekano", "Tottenxem", "Espanol" va "Rasing" klublarida sport direktori lavozimida ishlagan.

32-turdan so'ng "Betis" La Liga turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.