
«Real» hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatidagi o'yinlar soni bo'yicha La ligadagi legionerlar orasida 4-o'ringa ko'tarilib oldi.«Almeriya»ga qarshi o'yin (4:2) frantsiyalik futbolchi uchun Ispaniya yuqori divizionidagi 436-bahs bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u sobiq jamoadoshi Marseloning rekordini takrorladi. Ispaniya chempionatida faqat 3 legioner ulardan ko'proq o'yin o'tkazgan: Antuan Grizmann (453, Frantsiya), Donato (466, Braziliya) va Lionel Messi (520, Argentina).Benzema yana bir mavsum "Real"da qoladigan bo'lsa, mazkur ko'rsatkich bo'yicha 2-o'ringa chiqib olishi mumkin.
Fikrlar 0