Jorje Mendeshning tez orada Ansu Fati bilan "Barselona"dagi o'rnini muhokama qiladi.

Hujumchining o'zi ham avvalgidek hech qaerga ketishni rejalashtirmayapti, biroq Mendesh mijozini o'ziga mos klub topishiga ishonmoqda. Jurnalist Helena Kondisning xabariga ko'ra, seshanba kuni agent 20 yoshli futbolchi bilan uning kelajakdagi "Barselona"da qolishini muhokama qilish uchun uchrashuv o'tkazadi.

Avvalroq Mendesh Kataloniya klubi rahbariyatiga Angliya Premer-ligasi vakillaridan biri Ansu Fatini 70 million evroga sotib olishga tayyorligi haqida aytgandi.