Gavi "Osasuna"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

"Barselona" yarim himoyachisi La Liganing 33-turidan o'rin olgan o'yinning 36-daqiqasida almashtirildi. U maydonni oqsoqlanib tark etdi.

Gavi o'rniga Ansu Fati maydonga tushdi.

Joriy mavsumda 18 yoshli futbolchi chempionatda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.