«Barselona» sport direktori Yoxan Kroyff yaqin orada jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Marca gazetasi jurnalistlari xabar bermoqda.

Shu bilan birga, manba ta'kidlaganidek, «ko'k-anorranglilar» funktsioner bilan xayrlashishni istamaydi va unga yangi mehnat shartnomasini taklif qilishga tayyor. Kroyf kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilish arafasida turibdi.

La Liganing 33-turidan so'ng «Barselona» 82 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda, jamoa ikkinchi o'rindagi «Atletiko Madrid»ni 13 ochkoga ortda qoldirgan. 

Xavi Ernandes shogirdlari navbatdagi bahsda «Espanol»ga qarshi bahs olib borishadi.