
"PSJ" hujumchisi Lionel Messining "Barselona"ga qaytishi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
RMC Sport nashri jurnalistlarining fikricha, transfer amalga oshirilgan taqdirda 35 yoshli futbolchining maoshi sezilarli darajada kamayadi.
Lionelning o'zi "Kamp Nou"ga qaytish uchun maoshining kamaytirilishiga tayyor. U Kataloniya grandida yiliga o'n million evro olishga tayyor. Bu uning hozirgi maoshidan bir necha barobar kam.
Messi 2021 yilning yozida "Barselona"dan "PSJ"ga o'tgan edi. Argentinalik futbolchining frantsuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum so'ngida yakuniga etadi.
Fikrlar 0