
Kataloniyaning «Barselona» klubining daniyalik himoyachisi Andreas Kristensen Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Ilgari u Tumanli Albionda Londonning «Chelsi» jamoasida o'ynagan.
Fichajes jurnalistlari xabariga ko'ra, futbolchini «Manchester Yunayted» o'z safiga qo'shib olmoqchi.
«Qizil iblislar» ustozi Erik ten Xag bu kelishuv tashabbuskori hisoblanadi. «Mankunianliklar» Kristensenning transferi uchun 70 million evro ajratishga tayyor.
27 yoshli himoyachi 2022 yilning yozida «Barselona»ga o'tgan edi. Uning klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Fikrlar 0