
"Barselona" yozda sotishga qarshi bo'lmaydigan futbolchilar ro'yxatini tuzdi.
Ro'yxatga yarim himoyachilar Frank Kesse va Rafinya Dias, himoyachilar Markos Alonso va Erik Garsiya hamda o'tgan qishda klubga 55 million evro evaziga qo'shilgan hujumchi Ferran Torres kiritilgan.
Jurnalist Fernando Poloning fikricha, "Barselona" moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish va to'g'ri kelgan yangi futbolchilarni taklif qilish maqsadida yozda bu futbolchilardan qutulishi mumkin. Qayd etilishicha, "Barselona" Ansu Fatini ham sotishga qarshi emas, biroq klub tarbiyalanuvchisi "Kamp Nou"ni tark etishni qat'iyan rad etmoqda.
Fikrlar 0