"Real Madrid" Ispaniya kubogi finalida "Osasuna"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Madrid klubi Evropaning "kuchli beshlik" ligasida kamida 20 marta mamlakat kubogini qo'lga kiritgan 4-klubga aylandi.

Rekordchi 31 ta g'alaba bilan "Barselona" bo'lsa, 23 ta g'alaba bilan "Atletik Bilbao" ikkinchi o'rinda.

"Bavariya" ham xuddi "Real" kabi 20 marta mamlakat kubogini qo'lga kiritgan.