"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Amaldagi kelishuv 2026 yilgacha mo'ljallangan. Muddati uzaytirilgandan so'ng, niderlandiyalik futbolchi kataloniyaliklarga moliyaviy feyr-pley qoidalariga mos kelishiga yordam berish uchun yana bir marta maoshni qisqartirishga tayyor.

De Yongning maoshi birinchi marta koronavirus pandemiyasi davrida kamaytirilgandi.

Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi 38 o'yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.