«Barselona» «Fiorentina» yarim himoyachisi Sofyan Amrabat uchun so'nggi taklifini yubordi.

Kataloniya klubi marokashlik uchun maksimal 25 million evro + bonuslar taklif qilishga tayyor. Hozirda kelishuv ustida «Barselona» sport direktori Mateu Alemani ishlamoqda, u tez orada kataloniyaliklar safini tark etib, «Aston Villa»ga o'tadi.

«Fiorentina» hali «Barselona» taklif qilayotgan shartlardan qoniqmayapti. Qishda Italiya klubi Amrabatni Angliya premer-ligasining ayrim klublariga sotishdan bosh tortdi.

Yarim himoyachining o'zi «Barselona»da o'ynashni istamoqda.