[readimg]https://stadion.uz/images/news/messi_oltin.jpg[/readimg] Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi «Oltin butsa»ni qo'lga kiritganidan so'ng qisqacha fikr bildirib o'tdi. «Jamoadoshlarimsiz bitta ham gol ura olmagan bo'lar edim. Bu sovrin butun jamoaniki». Mavsumdagi rejalari haqida: «Chempionlari Ligasi – muhim turnir, har yili ushbu turnirda g'olib chiqish uchun kurash olib boramiz, biroq, La Liga hammasidan muhimroq. Kubok ham muhim. «Barsa» har doim har bir sovrin uchun kurash olib boradi», – dedi Messi. Argentinalik futbolchi «Oltin butsa»ni faoliyati davomida 6 marta qo'lga kiritdi.