Serxio Buskets «Barselona»ni tark etadi.

Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, yaqin vaqtlar ichida «ko'k-anorranglilar» jamoaning sobiq futbolchisi ketishini rasman e'lon qiladi.

Busketsning faoliyatini davom ettirish variantlari orasida Saudiya Arabistoni chempionati ham bor, unga «Al-Hilol» qiziqish bildirmoqda. Serxioga MLSdan ham takliflar bor.

Buskets «Barselona»ni tekinga tark etadi. Yarim himoyachining «Barselona» bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.