Argentina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Xaver Maskerano hujumchi Lionel Messining “Barselona”ga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Men "Barselona"ni juda yaxshi ko'raman. Men Messining qaytib kelishini va u erda faoliyatini yakunlashini istardim. Lekin bu amalga oshadimi, bilmayman. Umid qilamanki, bu sodir bo'ladi", - dedi Xaver Tyc Sports bilan suhbatda.

Messi "Barselona" akademiyasi bitiruvchisi. Asosiy jamoa tarkibida hujumchi 2005 yildan 2021 yilgacha o'ynagan. 2021 yilning yozida 35 yoshli argentinalik futbolchi "PSJ"ga tekinga o'tdi.