Italiyalik sobiq himoyachi Fabio Kannavaro «Real Madrid»ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Juniorning saviyasi haqida fikr bildirdi.

«Vinisius dunyoning eng yaxshisi deb ataladigan darajaga etganmi yoki yo'qmi, hozircha bilmayman. U katta yutuqlarga erishganligi aniq.

Vinini shu darajaga etkazgan Karlo Anchelottiga rahmat aytaman», - dedi Kannavaro.

Junior Ispaniya chempionatining joriy mavsumida «qirollik» klubi safida 30 ta o'yin o'tkazdi. 22 yoshli braziliyalik hujumchi o'nta gol urdi va 9ta golli uzatmani amalga oshirdi.